Futzal: Bugun Osiyo chempionatiga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2015, 08:18
2016 yilda Toshkentda o'tkaziladigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi 2015 yilning 2 dekabr kuni, Toshkentdagi “Zarafshon” kino-koncert saroyida o'tkaziladi.

Unda final bosqichida qatnashadigan jamoalar va OAV vakillari ishtirok etadi. Tadbir 18:00da boshlanadi. Avvalroq saralash o'yinlari natijasiga ko'ra final bosqichiga yo'l olgan 13ta terma jamoa nomi aniqlangan edi. Ular: Livan, Qatar, Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Avstraliya, Malayziya, Vetnam, Qirg'iziston, Tojikiston, Xitoy hamda Xitoy Taypey futzal terma jamolaridir.

Ushbu 13 jamoadan tashqari Yaponiya hamda Eron terma jamoalari avvalgi qita chempionatida yuqori o'rinlarni egallagani uchun, shuningdek, O'zbekiston terma jamoasi musobaqa mezboni sifatida Toshkentdagi final bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olgan.


Birinchi savatcha: O'zbekiston, Yaponiya, Eron, Tailand.

Ikkinchi savatcha: Avstraliya, Livan, Vetnam, Iroq.

Uchinchi savatcha: Qirg'iziston, Xitoy Taypei, Malayziya, Xitoy.

To'rtinchi savatcha: Tojikiston, Qatar, Iordaniya, Saudiya Arabistoni.

Eslatib o'tamiz, Toshkent mezbonlik qiladigan Osiyo Chempionati 2016 yilning 10 - 21 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia