Futzal. Artur Yunusov: "O'zimni Yevropada sinab ko'rmoqchiman"

Tolibjon Qosimov
10 dek 2014, 16:34
Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Artur Yunusov Ozarbayjonning "Fener" jamoasiga o'tgani haqida xabar bergan edik.
O'yinchining bu haqdagi fikrini bilish maqsadida Artur bilan bog'landik.

"O'zimni Yevropada sinab ko'rishga qaror qildim, omadli chiqadi deb umid qilaman. Ularning chempionati kuchli, asosiy tarkibda legionerlar o'ynaydi.

"Fener" bilan shu yilning oxirigacha shartnoma tuzdim. Klub mendan ikkinchi bosqichdagi qolgan uchrashuvlarda yordam berishimni so'radi. "Fener" hozircha turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda", - deydi Artur Yunusov.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia