Futzal. 24 sentyabrda Assotsiatsiya kubogiga start beriladi

Tolibjon Qosimov
18 sen 2015
Futzalda yangi mavsum boshlanish arafasida.

Milliy chempionat o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'tab beruvchi Assotsiatsiya kubogi bellashuvlariga 24 sentyabrda start beriladi. Musobaqa 28 sentyabrga qadar davom etadi.

O'yinlar "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Assotsiatsiya kubogining amaldagi g'olibi Toshkentning "Ardus" jamoasi hisoblanadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia