"Fulxem" Pereyrani "Manchester Yunayted"dan xarid qilmoqchi

Alisher
27 iyun 2022, 12:37
"Fulxem" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Andreas Pereyraning xaridi borasida taklif berdi.

London klubi 26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 10 million evro+3 million evro ko'rinishida mablag' taklif etdi.

"Manchester Yunayted" transferga rozilik bildirdi.

Endi APLga qaytgan jamoa futbolchining o'zi bilan kelishishi kerak.

Pereyra "Flamengo"da 2021 yilning avgustidan beri ijarada o'ynayotgandi. U 45ta o'yinda 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: UOL