“Fulad” Toshkentga charter reys orqali kelmoqchi

Narzulla Saydullayev
3 mar 2014, 13:31
Ma'lumki, 19 mart kuni “Bunyodkor” OCHL 3-turida o'z maydonida Eronning “Fulad” klubini qabul qiladi.
Bizga ma'lum bo'lishicha, eronliklar bu o'yinga kelib-ketish uchun charter reys tashkil qilishmoqchi.

Toshkent – Tehron avia yo'nalishi hozircha haftada bir marta yo'lga qo'yilgan va har juma samolyot Tehronga uchadi. “Fulad” vakillari esa chorshanba kuni o'yinni o'tkazgach, ertasi kuni ortga qaytib ketishmoqchi.

Ahvazning “Fulad” klubi OCHL 1-tur bahsini safarda Qatarning “Al Jayish” jamoasiga qarshi o'tkazib, 0:0 hisobidagi durangni qayd etdi. Endi jamoa o'z maydonida Saudiyaning “Al Fath” klubini qabul qiladi va shundan keyin Toshkentga yo'lga chiqadi.

Xayrulla Xoliqov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia