Fred: “Ochoa kamida to'rtta mo'jiza ko'rsatdi”

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2014, 12:32
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Fred Meksika terma jamoasiga qarshi o'yin qiyin bo'lganini va raqiblar darvozaboni yaxshi o'ynaganini ta'kidladi.
“Meksikaga qarshi o'yin qiyin bo'lishini kutgandik. Bir yil oldin konfederatsiyalar kubogida juda qiyin va ochiq uchrashuv bo'lgandi, ammo bugungi bahs undanda ochiqroq, xavfli vaziyatlarga to'la bo'ldi va darvozabonlar yaxshi ishlashdi. Aqniqsa Ochoa, u kamida to'rtta mo'jiza ko'rsatdi” – deydi futbolchi.

Braziliya va Meksika terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi va ikkala jamoa bir ochkoda bo'lishib olishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif