Frank Riberi: Renatu Sanshesh uchun og'ir yil

Narzulla Saydullayev
9 mar 2017
Bavariya yarim himoyachisi Frank Riberi jamoadoshi Renatu Sanshesh uchun klubdagi debyut mavsum qiyin o'tayotganini tan oldi.

Bu Renatu Sanshesh uchun og'ir yil. Balki keyingi mavsum Xabi Alonso faoliyatini yakunlasa u ko'proq maydonga tushar, - deydi Riberi.

Evro-2016 kashfiyatlaridan biri bo'lgan portugaliyalik futbolchi Bavariya safida juda kam maydonga tushmoqda. Biroq Karlo Anchelotti Sanshesh ijaraga berilmasligini ma'lum qildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de