
“Ro'yxatdan joy olganimdan xursandman. O'zim uchun, oilam va klub uchun xursandman. Omadga ishongan holda voqealar rivojini kuzatib boraman.
Biroq shunga qaramay Ibragimovichning “Oltin to'p”ga da'vogarlar qatoriga kirmaganidan xafaman”, - deya ta'kidladi Riberi.
Eslatib o'tamiz, “Oltin to'p”ga da'vogarlar ro'yxatiga Riberidan tashqari Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ham kirgan.