Francuz klubi "Yuventus"futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
3 avg 2019, 15:57
"Monako" "Yuventus" darvozaboni Mattia Peringa qiziqmoqda.

26 yoshli italiyalik futbolchi transferlar oynasida "Benfika"ga o'tishi mumkin edi. Ammo u tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi.

Darvozabonga shuningdek "Aston Villa" klubi ham qiziqmoqda. Transfermarkt Perinni 13 million evroga baholamoqda. Uning "Yuve" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Perin "keksa sinora" tarkibiga "Jenoa" safidan kelib qo'shilgan edi.

Posbon yakunlangan mavsum "Yuventus" safida 9ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport