

Hozircha rahbariyat oldida ikki xil variant bor: mamlakatdagi holatga qarab chempionatni 3 yoki 17 iyunda boshlash. Undan tashqari, tashkilotdagilar kelasi mavsumni 23 avgustda boshlashni reja qilmoqda. Shunday bo'lgan taqdirda ushbu mavsum 25 iyul kuniga qadar yakuniga yetishi kerak bo'ladi.
Fransiya - ayni damda Yevropada koronavirusni yuqtirib olganlar soni bo'yicha 4-o'rinni egallab turibdi. Mamlakatda 133 mingdan ziyod insonlar pandemiyaga chalingan bo'lsa, 14393 inson vafot etgan.



