Fransiya jamoasi Ben Arfaning ustidan kuldi

Mirjalol Normatov
30 iyun 2018, 20:20
Fransiyaning havaskor jamoalaridan biri "Kasteti-Guz" PSJ futbolchisi Xatem Ben Arfaning ustidan kuldi.

"Ouest France" xabariga ko'ra, Fransiya jamoasi futbolchiga taklif bilan chiqqan: oyiga 800 evro maosh, golga 20 evro, assistentlikka 25, qizil kartochkaga 30 evrodan bonus qo'shib borilaveriladi. Shartnomaga ko'ra, u o'zi kiygan liboslarini yuvmaydi, shuningdek, unga pivo ichishga ruxsat beriladi.

2017/18 yilgi mavsumda Xatem Ben Arfa PSJ tarkibida birorta uchrashuvda qatnashmadi. U so'nggi bora 2017 yilning aprelida klub tarkibida ko'rinish bergandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: eurosport.ru