Fozil Musaev gol urdi va "Jubilo Ivata" g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2017, 16:41
O'zbekiston terma jamoasiga nomzod bo'lgan Fozil Musaev to'p tepayotgan Yaponiyaning "Jubilo Ivata" klubi milliy chempionatining 5-turida g'alabaga erishdi.

"Jubilo" bu turda "Shimicu"ni o'z maydonida qabul qildi va 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. Fozil Musaev mehmon jamoa darvozasiga urilgan gollardan biriga mualliflik qildi va 78 daqiqa o'ynadi. Futbolchimiz 22-daqiqada sariq kartochka bilan ogohlantirildi.


"Jubilo Ivata" - "Shimicu" 3:1

Gollar: Shun Morishita 6, Fozil Musaev 37, Xayao Kavabe 48 - Chon Te Se 90.

"Jubilo Ivata": Kristof Kaminski, Nagisa Sakurauchi, Kentaro Oi, Shun Morishita, Fozil Musaev (Daysuke Macui 78), Xayao Kavabe, Syunsuke Nakamura, Yoshiaki Ota, Tomoxiko Miyazaki, Kenga Kavatam.

Yaponiya chempionati turnir jadvali bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia