FOTOGALEREYA. "Lokomotiv" - "Quvayt SK" uchrashuviga 30 daqiqa qolganida

Narzulla Saydullayev
9 fev 2014, 13:39
Bugun soat 14:00da Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o'rin olgan “Lokomotiv” – “Quvayt SK” bahsi boshlanadi.
“Paxtakor” markaziy stadionida bo'lib o'tadigan bellashuv ancha qiziqarli kechishi kutilmoqda. Chunki yutqazgan jamoa bu yilgi OCHL bilan xayrlashadi.

Ayni paytda har ikkala jamoa a'zolari chigalyozdi mashqlarini boshlab yuborishgan. Maydon qordan butkul tozalangan. Bir so'z bilan aytganda, yam-yashil. Muxlislar soni esa ko'pchilikni tashkil etmayapti. Quyida stadionning hozirgi ko'rinishidan fotosuratlarni taqdim etamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia