"Verona" bilan uchrashuvda jarohat olgan "Roma" yarim himoyachisi Alessandro Florenci 15 kunni o'tkazib yuboradi.
Avvaliga uning oyoqqa turish muddati 1 hafta deb e'lon qilingan edi, ammo hozirda yana muammolar paydo bo'ldi. Futbolchi "Feyenoord" va "Yuventus"ga qarshi uchrashuvlarda maydonga tusha olmaydi.