FK Lokomotiv ; klubining rasmiy sayti faoliyati haqida

Narzulla Saydullayev
2 fev 2014, 14:11
“Lokomotiv” klubining matbuot xizmati klub saytlari ichida birinchilardan bo'lib Insatgram’dagi sahifasiga ega bo'ldi.
Bu klubni zamonga qarab ish yuritishidan dalolat. Klub matbuot xizmatida uch nafar xodim ishlaydi. Video operatorning ismi yodimda yo'q. Bir necha yillardan beri TVda faoliyat olib borayotgan Otabek Eshmamatov va Mamur Mamadaliev.

Klubda matbuot xizmatiga yaratilgan sharoitdan kelib chiqib, faqat va faqat bir narsani aytishim mumkin – ishlash kerak.  Klub matbuot xizmatining moddiy texnika bazasiga faqat “Bunyodkor” raqobat ko'rsatishi mumkin. Matbuot xizmati uchun ajratilgan xonada istalgancha intervyu o'tkazishingizga sharoit mavjud, Hattoki ko'rsatuv olishingiz ham mumkin. “Lokomotiv” rahbariyati boshqa klub rahbarlariga nisbatan matbuot xizmati vakillarini odam o'rnida ko'radi. Shu jumladan OAVning boshqa vakillarini ham. Men klub homiylarini nazarda tutdim, jamoa direktorlari esa matbuot uchun ajratilgan kreslolarni martabali mehmonlarga doimiy ravishda band qilib qo'yadilar. Bu haqda matbuot anjumanlarida Ravshan Muqimovga bir necha marotaba aytilgan, ammo… Bu yerda matbuot xizmati vakillarini ayblay olmaymiz. Keling sayt tahliliga qaytsak.

Uch tilda faoliyat yuritadigan sayt quyidagi menyulardan iborat:

Asosiy

Jamoa

Klub

Bolalar futboli

Futzal

Mavsum

Media

Biznes

Sayt dizayniga 10 ballik tizimda 9 ga baholanadi. Dizayn (did) borasida uchta klubni alohida takidlab o'taman. Bular, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Paxtakor”.  Nega “Nasaf” yo'q degan savolga javobni, “Nasaf”ga kelganimizda tushuntirib beraman. “Lokomotiv” o'z saytida O'zbekistondagi barcha faol futbol saytlariga ko'prik o'rnatgan. Bu esa klub saytiga xorijdan tashrif buyuradigan mutaxassislarga qulaylik yaratishi mumkin. Ammo u yerda xabarlar asosan o'zbek tilida. Afsuski tarjima qilay desa Google' tizimi hozircha o'zbek tilini o'qimaydi.

Sayt menyusida bitta kamchilik mavjud. Bazi bo'limlarga kirganingizdan keyin yuqoridagi menyu yo'qolib qoladi. Bugungi kunda vaqtni tejash katta rol o'ynayapti. Lokomotiv saytida boshqa menyuga ko'chish uchun avvalo bosh sahifaga o'tishingiz kerak. Bu esa vaqtni o'g'irlaydi.

Sayt sekin-sekin to'lidirib borilyapti. Shuning uchun bo'lsa kerak ko'plab sahifalarning ichi bo'sh. To axborot bilan taminlanmaguniga qadar o'sha menyularni yopib qo'yi maqsadga muvofiq bo'lar edi. 2013 yil yakunlariga ko'ra yoshlar ligasining bitta turi dasturga kiritilmagan.Lokomotiv futbol maktabida talim olayotgan o'spirinlarning ma'lumotlari ham saytdan o'rin olgan.

Sayt mediaga katta e'tibor beradi. Ammo o'zining shaxsiy fotomuxbiri yo'q. Masalan BAA yig'ini doirasidagi o'rtoqlik uchrashuvlari suratlari raqib saytining arxividan foydalanilgan. Bu boradagi maslahatmizni “Lokomotiv” rahbariyati o'rganib chiqadi degan umitdamiz.

Mamur Mamadaliev jamoa tvitterini a'lo darajada yuritadi. O'z tvitterini aytmasak ham bo'laveradi. Dorixonaga o'xshab 24 soat aktiv holatda.

Maslahat: Saytni mobil ko'rinishdagi sahifasini yaratish. Asosiy tarkib a'zolarini esa kengroq saytga joylash kerak. Hozircha FIO bilan cheklanilgan.

Sayt: lokomotiv.uz

Matbuot kotiblari: Otabek Eshmamatov va Mamur Mamadaliev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uzfootballmedia.blog.ru