

Bu haqda klub prezidenti Rokko Kommisso ham aytib o'tdi. Rahbariyat va serbiyalik futbolchining agenti o'rtasida kelishmovchilik sodir bo'ldi.
Italiya klubi 21 yoshli serbiyalikka 4 million evrolik maosh va 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qildi.
Ammo, o'yinchining agenti futbolning transferi amalga oshsa, undagi muzokaralar o'tkazish bo'yicha eksklyuziv huquqni talab qilgan. Shuningdek, u forvardning keyingi sotuvidan 10% olmoqchi bo'lgan.
Vlaxovichning "Fiorentina" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. Oldinroq klub prezidenti Rokko Kommisso forvard bo'yicha barcha, jumladan "Atletiko"ning avgustdagi 70 mln evrolik taklifni rad etgan edi.



