

London klubi hozircha 110 million dollar ishlab topgan. Bu haqda amerikalik jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog'ida (sobiq Twitter) xabar berdi.
Jurnalistning fikricha, agar “Chelsi” jahon chempionati finalida g'alaba qozonsa, umumiy hisobda 120 million dollar ishlab olishi mumkin.
“Chelsi“ning finaldagi raqibi bugun aniq bo'ladi. Yarim finalning ikkinchi uchrashuvida PSJ “Real“ga qarshi bahs olib boradi.



