Fil Jons: “Mening “Yunayted”dagi faoliyatim”

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2013, 17:56
Fil Jons ikki mavsumdan beri “Yunayted” tarkibida o'tkazgan beshta eng yorqin xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
Mening debyutim (Angliya Superkubogidagi “Siti”ga qarshi o'yin) - “Buyuk payt. Bu meni “Yunayted” safida yutgan birinchi sovrinim edi. Men va mening barcha oila a'zolarim uchun bu kun ajoyib xursandchilik kuni bo'lgan”.

Mening birinchi golim (“Aston Villa”ga qarshi o'yinda) - “Menda golli vaziyatlar ko'p bo'lgan, lekin bu kun mutlaqo boshqacha. Mening ota-onam o'sha kuni “Villa Park”da edilar va ular mening muvaffaqiyatlarimga guvoh bo'lishgan”.

Ronalduga qarshi turish - “Bu juda qiziqarli va shu bilan birga qiyin bo'lgandi. Ronaldu  buyuk o'yinchi, lekin o'sha kuni men hech kimni o'zimdan ozgina bo'lsa ham o'tkazib yubormaslik maqsadini qo'ygandim”.

Manchester derbisidagi gol – “Men muxlislarni va sheriklarimni xursandchiligini ko'rib aqldan ozayotgandim. Bu gol oxirida meni nomimga yozilmadi, lekin men haliyam uning muallifligi menga tegishli deb hisoblayman”.

Chempionlik namoyishi – “Bolaligimdan ligada chempion bo'lishni orzu qilardim. Bu kun mening faoliyatimdagi eng yorqin payt, bu o'ziga hos g'ururdir”.

Javlonbek Yusupov 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manunited.uz