

Avvalroq xabar qilinganidek, FIFA prezidenti Janni Infantino FIFAning Trump Tower’dagi ofisida Urugvay va Paragvay rahbarlari, KONMEBOL prezidenti hamda Argentina, Urugvay va Paragvay federatsiyalari prezidentlari bilan uchrashgan. Ular o'tgan yilning mart oyida FIFA kengashi yig'ilishida Urugvay futbol assotsiatsiyasi tomonidan norasmiy ravishda ilgari surilgan taklifni ilk bor rasman muhokama qilishgan.
FIFAning rasmiy nuqtayi nazari shundan iboratki, u barcha manfaatdor tomonlar bilan jahon chempionatini kengaytirish masalasini muhokama qiladi, chunki tashkilot kengashda ilgari surilgan takliflarni ko'rib chiqishi shart.
Biroq, The Guardian xabar berishicha, parda ortida turnirni kengaytirishning maqsadga muvofiqligiga shubha mavjud. Qaror FIFA kengashi tomonidan qabul qilinadi, uning yig'ilishi kelasi oyda Cyurixda bo'lib o'tadi. Jahon chempionatini kengaytirish masalasi kun tartibiga kiritilmagan.
"Janni o'zi xohlagan taqdirda ham kengashda ovoz berishni o'tkazmagan bo'lardi. Ishtirokchilarning aksariyati 64 jamoa ishtiroki jahon chempionatiga putur etkazadi, deb hisoblaydi. Qiziqarsiz o'yinlar juda ko'p bo'ladi va bu biznes modelga zarar etkazishi mumkin," - deb ta'kidladi Xalqaro futbol federatsiyasidagi manba.
Takidlanishicha, KONMEBOL o'zgarishlarning asosiy manfaatdori bo'lishi mumkin. 64ta jamoagacha kengayish FIFAga a'zo 211ta assotsiatsiyaning 30 foizdan ortig'ining ishtirok etishini, tabiiyki ulardan ko'proq terma jamoa qatnashishini anglatadi.



