Fernando Torres: "Premer-ligani yutishim uchun hali vaqtim bor"

Nadirkhuja Yuldashev
23 dek 2013, 01:00
"Chelsi" hujumchisi Fernando Torres jamoa bilan Angliya chempionatida g'olib chiqish niyatida ekanligini aytib o'tdi.
- Men jamoaga qo'shayotgan hissamdan qoniqish xosil qilyapman. Maqsadim esa ko'proq gol urish. Angliyaga premer-ligani yutish uchun kelganman. Bu borada menda hali vaqt bor.
Ronaldu va Messi har bir uchrashuvda gol uradilar. Men o'z imkoniyatlarimdan to'liq foydalana olmayotganligimni bilaman, ammo bu futbol. Bu yerda hayotda bo'lgani kabi, har bir ishni amalga oshirib bo'lmaydi. Har doim ham qiyinchiliklar bo'ladi, ammo kishi kuchli bo'lishi kerak.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: sport-express.ru