Fernandesh yubiley golini urdi va APL rekordini o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
7 noya 2020, 19:10
Ayni daqiqalarda Angliya chempionati 8-turidan o'rin olgan “Everton” – MYU bahsi davom etmoqda.

Uchrashuv davomida mezbonlar xavbeki Brunu Fernandesh raqib darvozasini 2 bor ishg'ol qildi. Fernandesh professional faoliyatidagi yubiley 100-golini urishga erishdi.

Shuningdek, portugaliyalik APLda safardagi o'nta uchrashuvda maydonga tushib, 14 samarali natija (10 gol+4 pas) ko'rsatgan musobaqa tarixidagi ilk futbolchi sifatida rekord o'rnatdi.

Ma'lumot o'rnida, Fernandesh 100 ta golini quyidagi jamoalar safida urgan: “Novara” – 4, “Udineze” – 11, “Sampdoriya” – 5, “Sporting” – 63, MYU – 17.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta