

“Bavariya”ni favorit deb bilaman. Ikkinchi davogar esa “Liverpul”. Pley-offda top klublarni ko'rish juda zo'r, u yerda ingliz vakillar ham bor, ammo “Manchester Yunayted” hafsalani pir qildi.
MYUning YCHLdan chiqib ketishiga qanday munosabatdaligi haqida
Tushkunlikka tushdim, tun bo'yi uxlamadim. Ko'zlarim ostidagi qovoqlarimga qarang. Biroq, o'ylashimcha, ingliz klublari yuqori bosqichlarga yetib bora oladi. Ularda yuqori saviyali o'yinchilar bor. “Bavariya” va balki PSJ yagona xavf bo'lishi mumkin.
Agar “Bavariya”da jarohat bo'lmasa, demak, tarkibda bo'lgan futbolchilardagi tajriba va portlatuvchi xarakterni inobatga olgan holda ular musobaqada yana g'olib chiqadi deb o'ylayman.
“Chelsi” musobaqadagi yashirin favoritligi haqida
Balkim. Jamoa endigini bir-biriga ko'nikmoqda, ammo Frenk allaqchon transfer bozorida ajoyib ishni amalga oshirganini ko'rishimiz mumkin.
Ular Rojdestvo va Yangi yil kabi davrlardan o'tib olishi kerak, jarohatlar tarkibga va futbolchilarning formasiga ta’sir qilidimi yo yo'q shuni bilib olish uchun. Chempionlar Ligasi davom etishi bilan alohida jamoalarga nisbatan bildirgan taxminlarimizni ko'rib chiqishga majbur bo'lamiz, chunki futbolchilarning formasi va jarohatlar bunda katta o'rin tutadi, deya so'zlarini yakunlagan Ferdinand.



