Fellaini: "Azar Evroda nimaga qodirligini isbotlaydi"

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2016, 21:43
Belgiya terma jamoasi futbolchisi Maruan Fellainining fikricha, Azar Evro-2016 o'yinlarida o'zini xar tomonlama ko'rsata oladi.


"O'tgan mavsumda Azarni jarohatlar qiynadi. Buning ustiga "Chelsi" ham og'ir davrlarni boshdan o'tkazdi. Endi ishonamanki, Eden Evroda o'zining nimalarga qodirligini isbotlay oladi.

U mavsum yakunini yaxshi o'tkazdi. Shubhasiz, u terma jamoamizning muhim futbolchilaridan biri", - deydi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com