Farhod Abdumavlonov eng yaxshi o'yinchi

Tolibjon Qosimov
25 yanv 2017
16-22 yanvar kunlari futzal bo'yicha XXI milliy chempionatimizning 3-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Odatga ko'ra, tur yakunida eng yaxshi futzalchini aniqlaymiz.

Birinchi bosqich uchinchi turning eng yaxshi futzalchisi - Farhod Abdumavlonov.

"Olmaliq" hujumchisi bu turda eng ko'p sakkizta gol urdi. Mamlakatimizning eng kuchli futzalchilari jam bo'lgan klubda har bir o'yinchi o'zini juda erkin his etadi. Abdumavlonov shu narsani gollarda aks ettirmoqda. U 3-tur doirasidagi oltita o'yindan beshtasida gol urishga muvaffaq bo'ldi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia