
Besh kun davom etadigan seminarda Farg'ona viloyatidagi murabbiylar ishtirok etmoqda. Seminarlar FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev tomonidan olib boriladi. O'quv jarayoniga Farg'ona Futbol Federatsiyasi yetakchi mutaxassis Fayziev Hakimjon koordinatorlik qilmoqda.
Seminar qatnashchilari o'quv kurslari davomida tegishli taqdimotlar bilan tanishadi va har bir taqdimotdan keyin muhokama va debatlar o'tkaziladi. O'quv dasturi nazariy va amaliy mashg'ulotlar yordamida o'tkaziladi.