Fabricio Romano: "Kazemiro "Manchester Yunayted"ni tark etmoqda"

Omonjon To`xtamirzayev
5 sen 2024, 16:34
Braziliyalik himoyachi APLni tark etadi.

Mashhur insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, tajribali Kazemiro faoliyatini "Galatasaroy"da davom ettiradi. 

Avvaliga, "qizil iblislar" yarim himoyachi bilan yozda xayrlashmoqchi edi, lekin keyinchalik u klubda qoladigan bo'lib, APL dastlabki turlarida (3 ta o'yinning barchasida) asosiy tarkibda maydonga tushdi. Biroq 1 sentyabr kuni "Liverpul"ga qarshi uchrashuvdagi qo'pol xatolar tufayli, rahbariyatning fikri keskin o'zgardi. 

Natijada, Kazemiro Turkiya Superligasiga ko'chib o'tadigan bo'ldi. Hozircha Kazemironing "Galatasaroy"ga transferi tafsilotlari ma'lum emas. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо