

"Azar - dono futbolchi. Ayni damda faqat Messi undan kuchli.
Azarga egoist ham bo'lib turish kerakligini ko'p aytaman. Shundagina u ko'proq gol uradi va hammasi istaganidek bo'ladi.
Bazida 2ga 2 chiqamiz, u esa pas beradi. Men esa shunday deyman: "Senda gol urish imkoniyati bor, o'zing ur". U egoist bo'lib turishi kerak" - deydi Fabregas.
Azar joriy mavsum "Chelsi" safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 15 ta gol urib, 7 ta golli pas berdi.



