FA "adolat" haqidagi posti uchun MYUni jazolamaydi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2025, 22:12
"Arsenal"ga qarshi bahsdan keyingi posti uchun "Manchester Yunayted" jazolanmaydi.

Kecha "Manchester Yunayted" Angliya Kubogining uchinchi raundida penaltilar seriyasida London klubini musobaqadan chiqarib yubordi.

62 daqiqada Diogu Dalotning chetlatilishidan so'ng mankunianlar bir kishi kam bo'lib qolishdi. Bundan tashqari MYU darvozasiga penalt belgilandi, ammo darvozabon Altay Bayindir Martin Edegorning zarbasidan so'ng to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. O'yindan so'ng "Yunayted" tvitterida birgina so'zdan iborat (adolat) post paydo bo'ldi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) bu tvit uchun klubni jazolamaydigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times