Yevropa ligasi. Bugun 1-tur o'yinlari bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2018, 14:03
Bugun Yevropa ligasining guruh bosqichi dastlabki bahslari o'tkaziladi.

Stiven Jerrard boshchiligidagi "Reyndjers" Ispaniyada "Vilyareal" mehmoni bo'ladi. Kievda "Dinamo" va "Astana" to'qnash kelishadi. Mauricio Sarri boshchiligidagi "Chelsi" Gretsiyada PAOK bilan o'ynaydi.

Arsen Vengersiz qolgan "Arsenal" evrokubokdagi o'z yurishini o'z uyida Sanjar Tursunovning sobiq klubi "Vorskla"ni qabul qiladi. Yevropa ligasi guruh bosqichiga sensacion tarzda yo'l olgan Lyuksemburgning "Dyudelanj" klubi o'zi uchun tarixiy bahsni o'z maydonida "Milan"ga qarshi o'tkazadi.


Toshkent vaqti bilan soat 21:55da boshlanadigan o'yinlar:

"G" guruhi: "Rapid" Vena - "Spartak" Moskva, "Vilyareal" - "Reyndjers"
"H" guruhi: "Lacio" - "Apollon", "Olimpik" - "Ayntraxt"
"I" guruhi: "Genk" - "Malme", "Beshiktosh" - "Sarpsborg"
"J" guruhi: "Akxisar" - "Krasnodar", "Sevilya" - "Standard"
"K" guruhi: "Dinamo" Kiev - "Astana", "Renn" - "Yablonec"
"L" guruhi: "Vidi" - BATE, PAOK - "Chelsi"
 
Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadigan o'yinlar:

"A" guruhi: "Ludogorec" - "Bayer", AEK Larnaka - "Cyurix"
"B" guruhi: "Seltik" - "Rusenborg", "RB Leyptsig" - "Zalcburg"
"C" guruhi: "Slaviya" Praga - "Bordo", "Kopengagen" - "Zenit"
"D" guruhi: "Dinamo" Zagreb - "Fenerbaxche", "Spartak" Trnava - "Anderlext"
"E" guruhi: "Arsenal" - "Vorskla", "Sporting" Lissabon - "Qorabog'"
"F" guruhi: "Olimpiakos" - "Betis", "Dyudelanj" - "Milan"

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia