EVROgacha. B guruhining eng qimmat futbolchilarini bilasizmi?

23 may 2021, 20:47
11 iyun kuni "Evro-2020" start olishidan xabaringiz bor.

EVROgacha. A guruhining eng qimmat futbolchilarini bilasizmi? 

Turnirning B guruhidan quyidagi jamoalar o'rin olgan:

Daniya

Finlyandiya

Belgiya

Rossiya

Kasper Xyulmand boshchiligidagi Daniya terma jamoasining eng qimmat futbolchisi Kristian Eriksen ("Inter") hisoblanadi.


ismiyoshijamoasinarxi
1Kristian Eriksen29"Inter"35 mln evro
2Per-Emil Xyoyberg25"Tottenxem"35 mln evro
3Andreas Kristensen25"Chelsi"28 mln evro
4Yussuf Poulsen26"Leyptsig"25 mln evro
5Kasper Dolberg23"Nicca"22 mln evro


Guruhda asosiy autsayder bo'lishi kutilayotgan Finlyandiya terma jamoasini turnirga Markku Kanerva boshlab keladi. Finlarning eng qimmat futbolchisi "Norvich" yetakchisi Teemu Pukki hisoblanadi. Transfermarkt portali 31 yoshli o'yinchini 7 mln evroga baholayapti.

Roberto Martines boshchiligidagi Belgiya milliy jamoasining eng qimmatbaho vakili Kevin de Bryuynedir.


ismiyoshijamoasinarxi
1Kevin de Bryuyne29"Man Siti"100 mln evro
2Romelu Lukaku28"Inter"90 mln evro
3Tibo Kurtua29"Real"75 mln evro
4Yuriy Tilemans24"Lester"44 mln evro
5Eden Azar30"Real"40 mln evro


Stanislav Cherchesov boshchiligidagi ruslar termasining eng qimmat vakili "Monako"da to'p tepadigan Aleksandr Golovin hisoblanadi.


ismiyoshijamoasinarxi
1Aleksandr Golovin24"Monako"23 mln evro
2Mario Fernandes30SSKA18 mln evro
3Aleksey Miranchuk25"Atalanta"17 mln evro
4Matvey Safonov22"Krasnodar"15 mln evro
5Anton Miranchuk25"Lokomotiv"14 mln evro


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia