Evro-2024. Ilk yarim final uchrashuvini kim boshqarishi ma'lum

Khoja
8 iyul 2024, 09:49
UEFA matbuot xizmati Yevropa chempionatining ilk yarim finalida kim bosh hakam bo'lishini e'lon qildi.

Fransiya - Ispaniya uchrashuvini sloveniyalik hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo'ldi. Slavko Vinchich bosh hakam sifatida uchrashuvni boshqarsa, unga qanotlarda Tomaj Klanchnik va Andraj Kovachich yordam beradi. To'rtinchi hakam esa Ivan Krujlyak bo'ladi. VARga esa Neyc Kaytazovich javob beradi.

Uchrashuv 9 iyul kuni soat 00:00 ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com