Evro-2024. Fransiya chorak finalda!

Omonjon To`xtamirzayev
1 iyul 2024
Fransiya hamda Belgiya o'rtasida o'tkaziladigan Evro-2024 nimchorak final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Evro-2024
1/8 final

Fransiya – Belgiya
"Merkur Shpil-Arena" stadioni
Gol: 1:0 – 85, avtogol Vertongen.

Fransiya – Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante, Rabo, Tchuameni, Grizmann, Tyuram (Kolo-Muani, 62), Mbappe.

Belgiya – Kastels, Kastan (de Ketelare, 88), Vertongen, Fas, Teate, Karrasko (Lukebakio, 88), de Bryuyne, Onana, Lukaku, Openda (Mangalya, 63), Doku.

Ogohlantirishlar: Tchuameni (14), Grizmann (23), Rabo (24), Vertongen (76), Mangalya (90+3).



Ushu sahifada uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

90+4-daqiqa. Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va Fransiya chorak finalga yo'l oldi! 

90+4-daqiqa. Ogohlantirish! Orel Mangala qarshi hujumga qochib ketayotgan Randal Kolo-Muanini qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.  

90+2-daqiqa. Doku burchak zarbasi ishlab oldi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90-daqiqa. Teatening zarbasidan keyin bosh hakam to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

88-daqiqa. O'zgarishlar! Timoti Kastan va Karrasko o'rniga Dodi Lukebakio hamda Sharl de Ketalare maydonga tushdi.

87-daqiqa. Belgiya to'p bilan oldinga o'tishga harakat qilmoqda. 

85-daqiqa. GOOOOOOOL! Hisob ochildi! Randal Kolo-Muani rikoshet yordamida Kastelsni dog'da qoldirdi!

83-daqiqa. Kevin de Bryuyne hozir Belgiyaga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylanishi mumkin edi. Uning qulay vaziyatdan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin Mayk Menyan seyv ijro etdi va jamoasini qutqarib qoldi.  

81-daqiqa. Yannik Ferreyra-Karrasko hujumda Teoga nisbatan fol ishlatdi deb topildi.

79-daqiqa. Romelu Lukakuga yo'llangan to'p Mayk Menyanning qo'llariga borib tushdi.

77-daqiqa. Ogohlantirish! Ushbu holat bo'yicha noroziligini yashirib o'tirmagani uchun mehmonlar ustozi Domeniko Tedeskoga ham sariq.

76-daqiqa. Ogohlantirish! Yan Vertongen ogohlantirildi!

74-daqiqa. Standartda hujumga kelgan Vilyam Saliba jarima maydonchasi ichida Dokuni aldadi va zarba berdi, lekin to'p ustun yonidan o'tib ketdi.  

74-daqiqa. Grizmann yana bir bor burchak zarbasini amalga oshiradi. 

73-daqiqa. Fransiya to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritadi. 

72-daqiqa. Hakam o'yinni to'xtatib bir-biri bilan kelisha olmayotgan Mbappe va Vertongenni yoniga chaqirdi hamda ko'p gapirmay, futbol o'ynash kerakligini eslatib qo'ydi.

69-daqiqa. Yana Tchuamenini zarba uchun qulay vaziyatga chiqarishdi, Orelen o'ta kuchli zarba bilan to'pni darvoza tomon yo'lladi, biroq... Bu safar ham noaniq.

65-daqiqa. Grizmann qulay nuqtadan zarba yo'lladi, biroq uning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi. 

63-daqiqa. O'zgarish! Endi Belgiya safida futbolchi almashtirilmoqda. Loi Openda o'rniga Orel Mangala o'yinga qo'shildi.  

62-daqiqa. O'zgarish! Markus Tyuram o'rnini Randal Kolo-Muaniga bo'shatib berdi. 

61-daqiqa. Teo Ernandes seyvga teng "podkat" bilan to'pni raqib oyoqlari ostidan tepib yubordi. Francuzlar xuddi gol urgandek xursandchilik qilishdi.  

59-daqiqa. Belgiya maydon markazida to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.  

56-daqiqa. O'ziga xos kombinaciyadan keyin Kilian jarima maydonchasi markazida to'pga zarba berishni uddaladi, ammo uning urinishi qovushmadi.

54-daqiqa. Mbappe qanotdan markazga o'tib bordi va zarba yo'lladi, biroq to'p darvozadan yuqorilab o'tib ketdi.

52-daqiqa. Fransiyaning navbatdagi urinishi besamar ketdi. Kastels faollik ko'rsatib to'pni egallab oldi. 

50-daqiqa. Burchak zarbasidan francuzlar naf chiqara olishmadi, keyin esa Openda Teo Ernandesga nisbatan fol ishlatdi.  

49-daqiqa. Orelen Tchuamenining xavfli zarbasini Kun Kastels qiyinchilik bilan bo'lsada, qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

48-daqiqa. Belgiyaning hujumi oxiriga etmay qoldi. Qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni Belgiya futbolchilari boshlashdi. 

45+2-daqiqa. Hakam birinchi bo'lim yakunlanini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus! 

45+1-daqiqa. Mbappening faolligidan keyin to'p jarima maydonchasiga kiraverishdagi Tchuameniga borib tushdi, Orelen to'pni to'xtatmay kuchli zarba berdi, biroq zarba qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik noaniq chiqdi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Vaut Fas raqibini oldinga o'tib kyetishiga yo'l qo'ymadi. Teo jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab berdi. 

42-daqiqa. To'pni olib qo'ygan Belgiya tezkor qarshi hujumga o'tib kyetishi mumkin edi, ammo Upamekano uzatma yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

41-daqiqa. Fransiya to'pni nazorat qilmoqda.  

39-daqiqa. Orelen Tchuameni uzoqdan kuchli zarba berdi, lekin uning urinishi ham mo'ljalga aniq yetib bormadi. 

37-daqiqa. Belgiya raqibning navbatdagi hujumini qaytardi.  

34-daqiqa. Markus Tyuramning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi. 

Ernandes sheriklaridan uzr so'ramoqda. 

32-daqiqa. Teo Ernandesning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, lekin bu safar ham to'p darvozaga borishni istamadi. 

28-daqiqa. Belgiyaning hujumi xavfli tus olishi mumkin edi, lekin Kevin De Bryuyneni sherigi tushunmadi.

25-daqiqa. Ogohlantirish! Dokuga nisbatan fol uchun Rabo ogohlantirildi. 

23-daqiqa. Ogohlantirish! Bu safar Antuan Grizmann ko'z o'ngida sariq kartochka baland ko'tarildi. 

20-daqiqa. Belgiyaning hujumi o'ng qanotdan rivojlantirildi va to'p jarima maydonchasiga yo'llandi, ammo Jyul Kunde o'ta sovuqqonlik bilan to'pni boshi bilan Menyanga tashlab berdi.

18-daqiqa. Grizmannning burchakdan uzatmasidan keyin Tyuram zarba berdi, lekin to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi. 

14-daqiqa. Ogohlantirish! Hakamga etiroz bildirgani uchun Orelen Tchuameniga sariq kartochka ko'rsatildi.

14-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin Kilian Mbappeda zarba uchun imkoniyat bo'ldi, ammo uning urinishiga aniqlik yetishmadi.

10-daqiqa. Saliba Lukakuga qarshi ishonchli o'yin ko'rsatdi va to'pni yon chiziqdan Fransiya o'yinga kiritadi. 

8-daqiqa. Fransiya to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

6-daqiqa. Mayk Menyan oldinroqqa chiqib Opendaga imkon qoldirmadi. 

4-daqiqa. Amadu Onana "podkat"da to'pni jamoasiga olib berdi. 

3-daqiqa. Dayot Upamekano xavfni bartaraf etdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia