


Portugaliya terma jamoasi a'zolari Ruben Diash va Rafael Gerreyru Germaniya bilan o'yinda o'z darvozalariga gol urishdi.
Shu tariqa turnirdagi avtogollar 5 taga etdi – bu yangi rekord. Evro-2016'da 3 ta avtogol urilgandi.
Portugaliyaliklardan oldingi avtogollar Germaniya himoyachisi Mats Xummels, Polsha darvozaboni Voycex Shensni, Turkiya himoyachisi Merix Demiralga tegishli.



