

Ushbu sahifa orqali o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.
Vengriya – Portugaliya
21.00, "Pushkash Arena"
Tarkiblar:
Vengriya: Gulachi, Lovrenchich, Attila Salai (77' Shon), Fiola (88' K.Varga), Orban, Xolender, Shefer (65' Loik Nego), Klyaynxaysler (78' Siger), Shallai, Nad (88' R.Varga), Adam Salai
Portugaliya: Patrisiu, Semedu, Pepe, Diash, Bernardu Silva (70' Rafa Silva), Danilu Pereyra, Vilyam Karvalyu(81' R.Sanchesh), Brunu Fernandesh (89' Moutino), Jota (81' Andre Silva), Gerreyru, Ronaldu
90+5 daqiqa. O'YIN O'Z NIHOYASIGA ETDI. Ronaldu o'z o'rnida.
92-daqiqa. RONIIIIIIIIIIIIIIII!!!! DUBL. 0:3. NUQTA!

90-daqiqa. O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi.
86-daqiqa. RONALDUUUUUUUUUUU! Krishtianu penaltini aniq amalga oshirdi 0:2

84-daqiqa. PENALTI!!!! Portugaliya uchun.
82-daqiqa. O'ZGARISH: Karvalyu o'rniga Renato Sanchesh tushdi. Diego Jota esa o'z o'rnini Andre Silvaga bo'shatdi.
79-daqiqa. GOOOOOOL!!! VENGRIYA. Yo'q ofsayd holati.
78-daqiqa. Vengriya tarkibida bir yo'la ikki o'zgarish: Rolland Salai o'rniga Shabolsz Shon, Klyaynxaysler o'rniga esa David Shiger.
70-daqiqa: O'ZGARISH: Bruno Silva o'rniga Rafa Silva o'yinga qo'shildi.
68-daqiqa. Brunooooo! Uning uzoqdan yo'llagan zarbasini yana darvozabon qaytardi.
65-daqiqa. O'ZGARISH: Vengriya safida o'yngan Andras Shefer o'rniga Loik Nego maydonga tushdi.

59-daqiqa. Vengriya ancha jonlanib qoldi, ular ketma-ket hujum uyushtirishga harakat qilishmoqda.
57-daqiqa. Vengriyadan ajoyib hujum. Rolland Sallai bergan zarbani Rui Patrisio ushlab oldi.
48-daqiqa. Pepening bosh bilan burchakka yo'naltirgan zarbasini Vengriya posboni bartaraf etdi. Ajoyib seyv!!!
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'lim statistikasi:

45+1 daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi. Portugaliya termasi yaqqol ustunlik ko'rsatmoqda. Ammo, bu hali hisobda aks etganicha yo'q.

43-daqiqa. RONALDUUUU!!! Krishtianuning 3 metrdan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.
40-daqiqa. Gulachiiii!!! Ajoyib sayv. Vengriya posboni Jotaning zarbasini qaytarishga erishdi.
38-daqiqa. OGOHLANTIRISH. Ruben Diash qo'polligi sabab sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
37-daqiqa. Adam Salaidan bosh bilan zarba! Vengriyaning birinchi zarbasi Rui Patrisio tomonidan ushlab olindi.
Stadionlardagi bunday ajoyib muhitni sog'inib qolgandik.

30-daqiqa. O'yin faqat Vengriya darvozasi oldida kechmoqda. Ammo, hisob hamon 0:0.
28-daqiqa. Bernardu Silvaning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, biroz noaniq.
19-daqiqa. Ronaldu havodan kelayotgan to'pni bir urinishda darvozaga yo'lladi. Darvozabon Gulachi yana qutqardi.
9-daqiqa. Standard vaziyatdan jarima maydoniga uzatilgan to'pga Diego Jota zarba berdi. Juda noaniq!

5-daqiqa. Diego Jotadan zarba!!! Darvozabon to'pni qaytardi.
1-daqiqa. O'YIN BOSHLANDI!
- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
Muxlislar Budapesht ko'chalarini to'ldirishgan.
- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari. Vengriya hamda Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan matnli translyatsiyani boshlaymiz.



