Evro-2020 guruh bosqichi ramziy jamoasi tuzildi

Eldor Akmurzayev
24 iyun 2021, 19:50
WhoScored portali Yevropa chempionati guruh bosqich yakunlariga ko'ra, eng yuqori ko'rsatkichga erishgan futbolchilardan iborat ramziy jamoani taqdim etdi.

Tarkibdan quyidagi futbolchilar joy oldi:

Darvozabon: Lukash Gradecki (Finlyandiya, 7,5 ball)

Himoyachilar: Vladimir Coufal (Chexiya, 7,1), Matteys de Ligt (Niderlandiya, 7,5), Deyli Blind (Niderlandiya, 7,2), Yoakim Mexle (Daniya, 7,3)

Yarim himoyachilar: Ivan Perishich (Xorvatiya, 7,4), Kevin De Bryoyne (Belgiya, 8,8), Frenki de Yong (Niderlandiya, 7,9), Emil Forsberg (Shvetsiya, 7,5)

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 8,1), Memfis Depay (Niderlandiya, 7,8).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: WhoScored