"Everton" "Vest Xem"dan Kalvert-Lyuin uchun 60 mln funt talab qilmoqda

Alisher
23 yanv 2022, 15:56
"Vest Xem" "Everton" hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuinga qiziqmoqda.

"Bolg'a urarlar" hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi va 24 yoshli angliyalik futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda.

Mersisaydliklar forvardni 60 million funtga sotishga tayyor.

Kalvert-Lyuin 2021/22 yilgi mavsum "Everton" tarkibida 6ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

Transfermarkt futbolchining narxini 40,5 million funtga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun