“Everton” 22:0 hisobida g'alaba qozondi, Miralyasda penta-trik!

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2018
Angliyaning “Everton” klubi o'rtoqlik uchrashuvida Avstriyaning “ATV Irdning” jamoasi darvozasiga 22ta(!!!) gol kiritdi.

Uchrashuvda yarim himoyachi Kevin Miralyas penta-trik, Jenk Tosun va Umar Nyasse poker, Ademola Lukman va Nikola Vlashich esa dubl qayd etishdi. Leyton Beyns, Maykl Kin va Meyson Xolgeyt esa bittadan golga mualliflik qilishdi. 

Shuningdek, o'yin davomida bitta avtogol ham bo'ldi. “ATV Irdning”ga qarshi kechgan uchrashuv bosh murabbiy Mark Silva uchun “Everton” boshqaruvidagi ilk o'yin edi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: