“Everton” 18 yoshli Devis bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
3 apr 2017
Yarim himoyachi Tom Devis “Everton” bilan yangi 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

18 yoshli futbolchining yangi kelishuvi 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Bu haqda “Everton” klubi rasmiy saytida ham xabar chop etildi.

Devis Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Futbolchi ana shu o'yinlarning 10tasini boshlang'ich tarkibda boshlagan. Hisobida bitta gol bor. 




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: