“Everton” 126 yillik natijasini takrorladi

G'alabali rekordini takrorlash uchun “Everton”ga bir asrdan ko'proq vaqt kerak bo'ldi.

APL 4-turida “Brayton” ustidan g'alabaga erishgan “Everton” o'zining 126 yil avvalgi rekordini takrorladi. Bu Anchelotti jamoasining APLda qatorasiga to'rtinchi, barcha turnirlarda esa ettinchi ketma-ket erishilgan g'alabasi bo'ldi.

Opta Sports ma'lumotlariga ko'ra, “Everton” o'z tarixida ikkinchi marta mavsumning ketma-ket ettita o'yinida g'oliblikka erishdi. Bunday natija ilk marta 1894/95 yilgi mavsumda kuzatilgandi. Shu tariqa mersisaydliklar 126 yil ilgari o'rnatilgan rekordni takrorlashdi.


Manba: Opta Sports