Eshitdik-da! Srechko Katanets terma jamoa bilan birga AQSHga ucha olmadi

Narzulla Saydullayev
8 sen 2023, 11:31
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha uzoq yo'l bosib AQSHga yetib borgandi.

Terma jamoa Toshkent - Istanbul - Atlanta - Sent Luis yo'nalishida parvoz qildi. Biroq championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, bosh murabbiy Srechko Katanets Istanbul aeroportida olib qolingan. Bunga sloveniyalik murabbiyning pasportidagi ko'plab Osiyo davlatlariga kirish vizasi sabab bo'lgan va Katanets qo'shimcha tekshiruv uchun Istanbulda olib qolingan.

Undan oldin O'zbekiston terma jamoasi o'tirgan samolyot Toshkentdan uchishda 2 soat kechikkani uchun Istanbulga kech borgan va buning natijasida Atlantaga uchadigan samolyotga kechikkan hamda Turkiyadagi mehmonxonada bir kecha qolishga majbur bo'lgandi.

Biz ko'plab kutilmagan qiyinchiliklarga qaramay O'zbekiston milliy terma jamoasiga AQSH va Meksika bilan o'yinlarda omad tilaymiz. Srechko Katanets tez orada AQSHga uchib borishiga umid qilamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia