Eshitdik-da: "Lokomotiv"ga ispaniyalik futbolchi keladi

Xayrulla Xoliqov
17 yanv 2021, 21:40
Uzun quloq gap-so'zlarga qaraganda "Lokomotiv" tez orada yangi legioner bilan shartnoma imzolaydi.

"Temiryo'lchilar" yangi mavsumga xorijlik murabbiy Mikael Sekeyra qo'l ostida tayyorgarlik ko'rayotganidan xabaringiz bor. Portugaliyalik mutaxassis tarkibni kuchaytirish maqsadida jamoaga ispaniyalik futbolchini taklif etmoqchi. 

Bizga ma'lum bo'lishicha, ushbu legioner Ispaniya fuqarosi hamda markaziy himoyachi ampulasida to'p suradi. Hozircha nomi oshkor qilinmayotgan futbolchining tez orada "Loko" mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia