Eshitdik-da! Azizbek Turg'unboev "Paxtakor"ga o'tmoqda. Buning sababi bor

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2021
Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.

Eshitishimizga qaraganda Turg'unboev Toshkentning "Paxtakor" klubiga transfer qilinadi. Yarim himoyachining "Navbahor" bilan 2023 yil oxirigacha shartnomasi bor va "Sherlar" uni sotib olishmoqchi. Transfyerdan tushgan pullarni Namangan klubi sobiq murabbiylar oldidagi qarzlarni to'lashga sarflaydi. "Navbahor"ning rossiyalik Aleksey Belenkov va Andrey Kanchelskis oldida qarzlari mavjud.

Eslatib o'tamiz, "Sherlar" 2019 yil avvalida ham Azizbek Turg'unboevni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan. Biroq bu o'tish amalga oshmagan va yakunda futbolchining o'zi, Ilhom Mo'minjonov va Jafar Irismetov ma'lum muddatga futboldan chetlatilgan edi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia