Eshitdik-da. Andijon Usmon Toshevni o'z lavozimidan ozod etdi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2018, 08:02
Joriy mavsum Andijonni yangi murabbiy boshqaradigan ko'rinadi.

Aytishlaricha, burgutlar rahbariyati bungacha bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan Usmon Toshevni o'z lavozimidan ozod etgan. Aytish lozimki, Usmon Qudratovich Andijonda iyun oyida ish boshlagandi. Chempionat yakuniga kelib, andijonliklar 72 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 3-o'rinni band etdi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, shu kunlarda jamoaning yangi bosh murabbiyi keng ommaga rasman e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia