Ertaga "Qo'qon-1912" "Surxon" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2021, 12:30
Coca Cola Superligasining navbatdagi, 4-tur uchrashuvini “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o'tkazadigan “Qo'qon-1912” jamoasi a'zolari, Toshkent shahrida o'z mashg'ulotlarini davom ettirishmoqda.

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi futbolchilar kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarda ishtirok etishyapti.

Ertaga “shunqorlar” o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Futbolchilarning o'yin amaliyotlarini ushlab turish maqsadida murabbiylar shtabi o'rtoqlik o'yini o'tkazishni maqul deb topishdi. Ertangi o'yinda Termizning “Surxon” jamoasi qo'qonliklarga raqib bo'ladi. Yodingizda bo'lsa Superliganing Termizda bo'lib o'tgan 3-tur o'yinida “Surxon” hamda “Qo'qon-1912” jamoalari o'zaro murosa ko'chasini tanlashgan edi - 1:1.

“Qo'qon-1912” va “Surxon” jamoalari o'rtasidagi bahs ertaga, 27 mart kuni soat 12:00da Toshkentdagi “NBU” stadionida boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz