Erreraning PSJda qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
5 iyul 2019, 00:14
Yarim himoyachi Ander Errera PSJ bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkani borasida oldinroq xabar bergandik.

Ispaniyalik futbolchi PSJda qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, u haftasiga 350 ming evro maosh oladi. Shunda uning yillik maoshi 18 million evroni tashkil qiladi.

Errera "Manchester Yunayted"dan erkin agent sifatida ketdi. Rahbariyat u bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar ham o'tkazmagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal