Ermatov brigadasi Livan - Kuvayt uchrashuvini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
22 avg 2013
FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi OK-2015 saralashi, 4-turidan o'rin olgan Livan - Kuvayt uchrashuvini boshqarib boradi.

15 oktyabr kuni Livan poytaxti Bayrutda bo'lib o'tadigan uchrashuvda Ermatovga qanotlarda Abduhamidillo Rasulov (O'zbekiston) hamda Bahodir Qo'chqorovlar (Qirg'iziston) yordam berishadi. O'zbekistonlik yana bir FIFA referisi - Vladislav Seytlin, mazkur uchrashuvda to'rtinchi hakam vazifasini bajaradi.

Takidlash lozim, FIFA referisi Valentin Kovalenko boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi ham, 15 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan OK-2015 saralashi, 4-turidan o'rin olgan uchrashuvga chaqiruv olgan. Kovalenko boshchiligidagi, hakamlar brigadasi, 15 oktyabr kuni Doxa shahrida bo'lib o'tadigan Qatar - Yaman uchrashuvini boshqaradi. Ushbu uchrashuvda Kovalenkoga qanotlarda Rafael Ilyosov hamda Mamur Saidqosimovlar yordam berishsa, o'zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov o'yinda to'rtinchi hakam vazifasini bajaradi.

OK-2015, saralash, 4-tur uchrashuvi.
15 oktyabr, Bayrut. Livan
Livan - Kuvayt

Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Referi assistent: 1 - Abduhamidillo Rasulov (O'zbekiston)
Referi assistent: 2 - Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston)
Zahira hakami: Vladislav Seytlin (O'zbekiston)
Komissar: Islom Mahmadshoev (Tojikiston)

OK-2015, saralash, 4-tur uchrashuvi.
15 oktyabr, Doxa. Qatar
Qatar - Yaman

Bosh hakam: Valentin Kovalenko (O'zbekiston)
Referi assistent:1 - Rafael Ilyosov (O'zbekiston)
Referi assistent: 2 - Mamur Saidqosimov (O'zbekiston)
Zahira hakami: Aziz Asimov (O'zbekiston)
Komissar: Kim Dong Ki (Janubiy Koreya)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com