Erik ten Xag hakamlikdan norozi ekanligini aytdi

Mirjalol Normatov
5 fev 2023, 00:51
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda Kazemiroga qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatda hakamlikdan mamnun emasligini aytdi.

"Kazemiro raqibni tomog'idan olganini ko'rdingiz. Biroq men nafaqat hakamlikdan, balki, "Pelas" futbolchilarining o'zini tutishidan ham mamnun emasman. Raqiblar futbolchisi Martinesga tirsagi bilan zarba berdi, o'tgan o'yinda Eriksenga shunday qilishgandi.

O'sha vaziyatda ko'plab futbolchilar bir-biri bilan janjallashishdi. Xo'sh, nega "Kristal Pelas" futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatilmadi? Bu vaziyatda hakamlarning e'tiborsizligidan mamnun emasman", - dedi ten Xag.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: utdreport