Erik Geretc ishdan bo'shagani yo'q

Narzulla Saydullayev
15 apr 2014, 14:32
Bugun Rossiyaning futbolga oid bazi saytlarida Qatarning “Laxviya” klubi bosh murabbiyi Erik Geretc ishdan ketgani to'g'risida xabarlar chiqdi.
Lekin bizga ma'lum bo'lishicha, belgiyalik murabbiy ishdan bo'shagani yo'q.

Xabaringiz bor, bugun Osiyo chempionlar ligasining 5-tur bahslariga start beriladi. “Laxviya” bu turni o'z maydonida “Al Ayn”ga qarshi o'tkazadi. Kecha bo'lib o'tgan o'yinoldi matbuot anjumanida shaxsan Geretcning o'zi ishtirok etdi va bo'lajak bahs xususida o'z fikrlarini bildirdi.

To'g'ri, ayni paytda “Laxviya”ning OCHLdagi ishlari hech yurishmayapti. Jamoa to'rtta o'yindan so'ng to'rt ochko jamg'argan holda oxirgi o'rinda boryapti. Ammo yaqinda bu klub Qatar chempionligini qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni esa “Bunyodkor”ning guruhdoshi “Al Jaish” egalladi. Eslatib o'tamiz, Erik Geretc to'rt yildan beri “Laxviya”ni boshqarib kelyapti va jamoaga uchinchi marta chempionlikni olib berdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia