Endi kim necha ball olgani hakamlarning o'ziga ham aytilmaydi

Xayrulla Xoliqov
4 fev 2018, 14:57
Ma'lumki, kecha "Interkontinental" mehmonxonasida Superliga-2018 uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur'a tashlash marosimi o'z yakuniga etganidan so'ng hakamlik va boshqa masalalar bo'yicha ochiq suhbat davom etdi. Bunda har kim o'z fikrini bildirish imkoniga ega bo'ldi.

Yaxshi bilasiz, biz shu paytgacha oliy liganing har bir o'yinidan keyin hakamlarga qo'yilayotgan ballarni bilib kelayotgandik. Ammo o'tgan yil bazi gap-so'zlardan keyin hakamlarga qo'yilgan baholar matbuotda e'lon qilinmaydigan bo'ldi.

Kechagi yig'ilishda ishtirok etgan O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimovning aytishicha, bu yildan e'tiboran qaysi hakamning necha baho olgani nafaqat matbuot, balki hakamlarning o'ziga ham e'lon qilinmaydi. Yani, bundan buyon nazoratchi o'yin yakuniga etganidan so'ng hakamlar qanday boshqargani to'g'risida o'z fikrini aytadi, biroq qo'yiladigan ballarni ma'lum qilmaydi. "Bu faqat bizda emas, OFK ham musobaqalarda shu usuldan foydalanib keladi", - dedi Mamur Saidqosimov bu borada.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia