Emeri: "Sovrin haqida 30-turdan keyin gaplashamiz"

Mirjalol Normatov
10 dek 2023, 12:29
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeriga APLda "Arsenal" mag'lub etilganidan keyin sovrin haqida savol berishdi.

"Juda xursandman. O'yin oson o'tmadi, qattiq charchadik, chunki tashabbus bizda bo'lmadi. Shu sababli himoyalanishga va to'pdan uzoqroq bo'lishga to'g'ri keldi. Buning mukofoti 3 ochko bo'ldi.

Titul? Biz endigina 16-turdamiz. Bu haqda 30-turdan keyin gaplashsak bo'ladi, o'shanda barchasi ko'rinib turgan bo'ladi. Ayni paytda biz kuchli uchlikda ekanligimiz - ajoyib holat", - dedi Emeri.

Ayni damda "Aston Villa" APL turnir jadvalida 35 ochko to'plagan holda 3-o'rinni egallab turibdi. Ushbu turda o'yinini o'tkazmagan "Manchester Siti" "Villa"dan 5 ochkoga ortda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC Sport